Create AI Video
Create AI Video

Ishga kirishda ushbu hujjatlar taqdim etiladi:.

Gavharoy Botirqulova
2024-10-24 21:50:15
1) pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjat;2) mehnat daftarchasi (agar ochilgan bo‘lsa);3) harbiy bilet yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma;4)Sog'lig'i haqidagi malumotnoma5)zarur hollarda ma’lumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjat so‘ralishi mumkin bo‘lib, boshqa qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadipasport (ID karta) yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat, 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun – tug‘ilganlik guvohnomasi va yashash joyidan ma’lumotnoma;mehnat daftarchasi (birinchi marta ishga kirayotganlar taqdim etmaydi), o‘rindoshlik asosda ishga kirayotganlar - asosiy ish joyidan ma’lumotnoma;harbiy bilet yoki harbiy hisob guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun);maxsus ma’lumotga ega shaxs bajarishi mumkin bo‘lgan ishga kirayotganda, diplom yoki mazkur ishni bajarish huquqini beradigan hujjat.Ishga qabul qilish buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi.Buyruq mehnat shartnomasining mazmuniga to‘liq mos kelishi va xodimga ma’lum qilinishi lozim.Har bir xodim o‘ziga yuklatiladigan mehnat vazifalari bilan oldindan tanishtirilishi shart.Agar mehnat shartnomasida ishning boshlanish kuni haqida shartlashilmagan bo‘lsa, xodim shartnoma imzolangan kunning ertasidan ishga tushadi.

Related Videos